Namangan viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi katta ahamiyatga ega bo‘ldi Uchrashuvda Namangan viloyati OTMlarida turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar hozirgi kunda turizm sohasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va viloyatimizning turizm istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Yig‘ilish davomida yoshlar turizmni rivojlantirish uchun bir nechta innovatsion takliflarni ilgari surdilar. Shu bilan birgalikda, turizmni yanada rivojlantirish va viloyatimizni xalqaro darajada tanitish uchun yangi strategiyalar ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Namangan 64-XALQARO GULLAR FESTIVALI doirasida volontyorlik guruhlarini tashkil etish va tashrif buyuradigan turistlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha ham takliflar ilgari surildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, turizm sohasida yangiliklarni ilgari surish va turistik infratuzilmani yaxshilashda muhim o‘rin tutadi.
Bahor nafasi Namanganni chiroyga burkaydi! 25-maydan 29-iyungacha "64-Xalqaro Gullar Festivali" sizga yorqin gullar, ajoyib tadbirlar va unutilmas taassurotlar olamini taqdim etadi! Festival dasturi – har kuni qizg‘in tadbirlar! 🔹 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilgan shahar 🔹 Jahon va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar 🔹 Fashion Week 2025 – yirik modalar haftaligi 🔹 Xalqaro va mahalliy sport musobaqalari 🔹 Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar 🔹 Kattalar va bolalar uchun spektakllar va sirk tomoshalari 🔹 Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari 🔹 Kulgu kechalari 🔹 “Dunyo taomlari Namanganda” – gastronomik turizm tadbirlari 🔹 "Lavanda sayli" va dron-shoular Gullarning sehri va bahor nafasi sizni kutmoqda! Festival quvonchini o‘tkazib yubormang! 📅 25-maydan 29-iyungacha Namanganda uchrashguncha!
Namangan viloyatida bahor o'zining eng go'zal faslini namoyon etmoqda. Uychi, Uchqo'rg'on, Kosonsoy, Chortoq tumanlarining qir-adirliklari yon bag'ri lolaqizg'aldoqlar bilan qoplangan. Bu hududlar Qirg'iziston Respublikasi bilan chegaradosh bo'lib, asosan eko va agro turizm yo'nalishlari rivojlangan. Har yili aprel oyida qir-adirliklar yon bag'rida lolaqizg'aldoqlar ochilib, suratlardek go'zal manzara kasb etadi. Yog'ingarchiliklardan so'ng bu yil lolaqizg'aldoqlar bodroqdek ko'payib, kishiga o'zgacha zavq bag'ishlamoqda. Yilning ayni shu mavsumida nafaqat viloyatimizdan, balki, qo'shni respublikalari hamda viloyatlaridan minglab turistlar tashrifi kuzatiladi. Bu esa o'z navbatida viloyatimizda ichki turizmni keng rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Namangan viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi katta ahamiyatga ega bo‘ldi Uchrashuvda Namangan viloyati OTMlarida turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar hozirgi kunda turizm sohasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va viloyatimizning turizm istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Yig‘ilish davomida yoshlar turizmni rivojlantirish uchun bir nechta innovatsion takliflarni ilgari surdilar. Shu bilan birgalikda, turizmni yanada rivojlantirish va viloyatimizni xalqaro darajada tanitish uchun yangi strategiyalar ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Namangan 64-XALQARO GULLAR FESTIVALI doirasida volontyorlik guruhlarini tashkil etish va tashrif buyuradigan turistlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha ham takliflar ilgari surildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, turizm sohasida yangiliklarni ilgari surish va turistik infratuzilmani yaxshilashda muhim o‘rin tutadi.
Namangan shahrida o‘tkaziladigan 64-"XALQARO GULLAR FESTIVALI"ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida, mahalliy va xorijiy sayyohlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida maxsus shtab tuzildi. Mazkur shtab a'zolari tomonidan Davlatobod tumanida faoliyat yuritayotgan "Atour", "S-Namangan", "Istiqlol" hamda "Buyuk Ipak yo‘li" mehmonxonalarida mavjud sharoitlar o‘rganildi. Monitoring davomida mehmonxonalar infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish sifati, gigiyenik talablarning bajarilishi va mijozlarga qulayliklar darajasi o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan mavjud muammolar yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi. Shuningdek, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, servis sifatini oshirish va festival ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Tashrif buyuruvchi sayyohlarning yuqori darajadagi mamnunligi va festivalning muvaffaqiyatli o‘tishini ta'minlash maqsadida tegishli idora vakillari bilan hamkorlikda doimiy nazorat va monitoring ishlari davom ettiriladi.
Namangan shahrida joylashgan “Oydin Plaza” mehmonxonasida 21–24-aprel kunlari oʻtkaziladigan “YOSHLAR TURIZM HAFTALIGI” ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari, Turizm boshqarmasi boshlig‘i Botir Nuritdinov ochib berdi.Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning yoshlar o‘rtasida targ‘iboti,turizm sohasidagi yangi qaror va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar hamda yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Jumladan yoshlar viloyatda turizm salohiyatini oshirish, yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish, tumanlardagi togʻli hududlarda camping va turistik zonalarni koʻpaytirish, tashrif buyuruvchilarga viloyat va tumanlardagi katta-kichik turistik obʼektlarni koʻrsatish, turizm majmualarini QR kodli tizimlashtirish va ommalashtirish kabi masalalarda oʻzlarining taklif va savollarini berib oʻtdilar. Rahbarlar tomonidan tashabbuskor yoshlarning takliflari diqqat bilan tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli yechimlar ishlab chiqildi.